“Real” Mbappega qancha maosh to‘lashi ma’lum bo‘ldi

  • 15 iyun, 2023, 18:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” kelasi mavsum oldidan PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Tecno

Parij klubi rahbariyati va 24 yoshli hujumchi o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat madridliklar foydasiga ishlamoqda.

Kilian Mbappe PSJdan ketadigan bo‘lsa, faqat “Real”ga o‘tishini ta’kidlamoqda. Parijliklar uni sotib yuborishga rozi. “Real” prezidenti Florentino Peres bu transferga 200 million evro tikishga tayyor.

Le Parisien nashrining yozishicha, agar Mbappe Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, uning maoshi hozir PSJda olayotganidan bir necha baravar kam bo‘ladi. Manbaning ta’kidlashicha, “Real”da Mbappening qo‘liga har mavsum 25 million evro maosh tegadi.

Mbappe PSJga 2018 yili olib kelingan. Shundan beri jami 260 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 212 marotaba ishg‘ol qildi. Kilian klub tarixidagi eng zo‘r to‘purar hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!