“Real” Mourinyoni bosh murabbiy etish tayinlashga ulgurmay qoldi

  • 03.06.2026 08:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi portugalialik mutaxassis Joze Mourin'oni bosh murabbiy etib tayinlash uchun endi 15 million evrogacha mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi.

Bu haqida The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mourin'oning “Benfika” bilan tuzgan shartnomasida taxminan 6 million evrolik tovon puli to‘g‘risida band mavjud bo‘lgan. Ushbu band mavsum tugagandan keyingi 10 ish kuni davomida amal qilgan va 29 may kuni o‘z kuchini yo‘qotgan.

Xabar qilinishicha, “Real” Mourin'o bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgan, ammo klubdagi prezidentlik saylovlari sababli mazkur bandni o‘z vaqtida faollashtira olmagan.

Madrid klubidagi prezidentlik saylovlari 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Unda amaldagi prezident Florentino Peres bilan bir qatorda 37 yoshli tadbirkor Enrique Rikelme ham ishtirok etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!