"Real" muxlislari uchun hushxabar!

  • 24.09.2019 16:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko jarohatidan forig‘ bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli ispaniyalik futbolchi jamoaning umumiy guruhida shug‘ullanishni boshlagan va u La Liganing 6-turidan o‘rin olgan “Osasuna”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.

“Real”ning boshqa bir etakchilari Marselo va Luka Modrich esa hozircha yakka tartibda mashg‘ulot olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, “Real” ayni damda 11 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. “Real” – “Osasuna” uchrashuvi esa ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!