“Real” MYU qiziqayotgan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
"Manchester Yunayted" "Nyukasl Yunayted" sardori Bruno Gimaraýnshni taxminan 80 mln yevroga sotib olish boʻyicha faol muzokaralar olib bormoqda. Bu haqida Reuters xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, 28 yoshli futbolchining "qizil iblislar" safiga oʻtishiga Madriddning "Real" klubi toʻsqinlik qilishi mumkin. "Qaymoqranglilar" kelasi yozda Eduardo Kamavinga jamoani tark etishi mumkinligi fonida Gimaraýnshni diqqat bilan kuzatmoqda. Taʼkidlanishicha, "Real" braziliyalik futbolchi nomzodini 2022 yilda koʻrib chiqqan.
Joriy mavsumda Gimaraýnsh barcha musobaqalarda 35 ta oʻyinda maydonga tushib, 9 ta gol va 7 ta assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, futbolchining bozor narxi 75 mln yevroni tashkil etadi.
Fikrlar