"Real" Niko Pasni kelasi yozda qaytarishga ishonmoqda

  • 28.06.2026 01:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi rahbariyati Niko Pas kelasi yozda Ispaniyaga qaytishiga ishonmoqda. Bu haqida As nashri xabar berdi.

Avvalroq "Komo" va "Real" yarim himoyachining 60 million yevro evaziga transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Bitim kelasi hafta rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda. Shu bilan birga, madridliklar 2027 yilda argentinalik futbolchini 80 million yevro evaziga qayta sotib olish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, dastlab "Real" Niko Pasni 2026/27 yilgi mavsumda jamoaga qaytarishni rejalashtirgan. Biroq futbolchi Xose Mourinyo jamoasidagi o‘rni borasida ikkilanish qolgan. Shu sababli 21 yoshli yarim himoyachi faoliyatining hozirgi bosqichida "Komo"da qolishni ma’qul ko‘rgan. Italiya klubi o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan va "Real" ham futbolchining qaroriga qarshi chiqmagan.

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida "Real" Niko Pasni "Komo"dan 9 million yevro evaziga qayta sotib olish bandini faollashtirgan edi. U o‘tgan mavsum A seriyada 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!