"Real" nima uchun Mourin'yoni qaytarmoqda?

  • 12.05.2026 11:02
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ketma-ket ikkinchi omadсиз mavsumdan keyin "Real" katta ehtimol bilan Joze Mourin'oni qaytaradi. Nima uchun rahbariyat portugalialik murabbiy tanlovida qolmoqda?

Real Madrid v AC Milan - UEFA Champions League

Ilk sabablaridan biri. Ichki muhitni to‘g‘irlgash uchun endilikda katta shaxs kerak bo‘ladi. "Ego"larga to‘lib ketgan kiyinish xonasini, na Anchelotti, na Alonso, na Arbeloa tartibga keltira olmadi. Klubdagi barcha vaziyat qanchalik jiddiyligini bilishadi, shu sababli ham Mourin'yo tanloviga qarshi chiqayotganlar deyarli yo‘q.

Peres bundan oldin Zidan va Anchelottini ham jamoaga qaytargan va bu qaysidir ma'noda omadli bo‘lib chiqqan. Fransiyalik mutaxassis ikkinchi bor murabbiylikka tayinlangandan keyin La Ligani qo‘lga kiritdi. Karlo esa ikki bora Chempionlar ligasini yutdi.

Borussiya Dortmund - Real Madrid CF - UEFA Chempionlar Ligasi 2023/24 finali

Shuningdek, rahbariyat "Real"ga qarshi har tomonlama hujum bo‘lmoqda, deb hisoblaydi. Bunday paytda esa "Real" logosini tish-tirno‘g‘i bilan himoya qiladigan odam kerak.

Bundan 16 yil oldin ham "Real" ikki yillik sovrinsiz mavsumidan so‘ng Mourga murojaat qilgan. Jozening "Real"dagi faoliyati davomida u ishtirokida o‘z futbolchilari, rahbariyat, hakamlar, murabbiylar va hatto jurnalistlar bilan janjallar yuzaga kelgandi.

Real Madrid Training Session

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!