Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" noxush xabar tarqatdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jamoada katta yo‘qotish

«Real» jamoasi «Atletiko»ga qarshi derbidаn so‘ng yarim himoyachi Federico Valverdening sog‘liq holati yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Madrid derbisida «Atletiko» 2:1 hisobida g‘alaba qozoнgan edi.

«O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, bizning futbolchimiz Federico Valverdega chap oyog‘ining tovon bo‘g‘imidagi jiddiy jarohat tashxisi qo‘yildi. U bu jarohatni bugungi o‘yin paytida olgan. Yaqin soatlarda Valverde qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tadi», — deyiladi madrid klubi bayonotida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi Li Kan In bilan keskin to‘qnashuvdan so‘ng jarohat olgan, raqib o‘yinchi butsasining temir tishlari bilan uning oyog‘iga bosib yuborgan. Uchrashuv yakunlangach, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinьo bir qator izohlar berib, hakamlar faoliyatidan qattiq noroziligini bildirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q