"Real" o'tgan yoz ikki yulduz himoyachini nega olmagani oshkor bo'ldi

  • 17.10.2026 07:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachi pozitsiyasi uchun bir qator yulduz futbolchilar nomzodini ko‘rib chiqqan.

Insayder Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yozda «Qirollik klubi» mutasaddilari «Manchester Siti» himoyachisi Ruben Diash va Milaning «Inter» jamoasi a’zosi Alessandro Bastoniga jiddiy qiziqish bildirgan. Biroq yakunda madridliklar portugaliyalik va italiyalik futbolchilar variantlaridan voz kechgan. Ular o‘rniga klubni tark etgan «Liverpul» futbolchisi Ibraima Konateni erkin agent sifatida jamoaga qo‘shib olishga qaror qilingan.

Joze Mourin’yu boshqaruvidagi jamoa hozircha La Liga jadvalidа sakkiz turdan so‘ng 18 ochko jamg‘argan holda to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Yakshanba kuni madridliklar o‘z maydonida «Sevilya»ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!