“Real” olsa bo‘ldi, maoshdan voz kechaman
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Ruben Neves Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubini tark etib, qishki transfer oynasi davrida Madriddning “Real” klubiga o‘tishni istamoqda.
Defensa Central nashri xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi yanvar oyida madridliklar safiga qo‘shilish uchun maoshini uchdan ikki qismga qisqartirishga ham tayyor.
La Liganing grandi portugalialik futbolchiga asosiy da’vogarlardan biri sifatida tilga olingan edi, ammo yarim himoyachining ochiq-oydin istagiga qaramay, o‘tish amalga oshmasligi mumkin.
Sababi – “Qirollik klubi” qishda hech kimni jamoaga qo‘shmaydi. Barcha kirish transferlari kelasi yozga mo‘ljallangan.
Ruben Nevesning “Al-Hilol” bilan shartnomasi yana yarim yildan keyin yakunlanadi. Ilgari “Vulverxempton”da o‘ynagan portugalialik yulduzga Evropaning bir qator klublaridan qiziqish bo‘lyapti.
Fikrlar