“Real” olti yilda oltita sardordan voz kechdi

  • 20.05.2026 07:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubidan ketishi aniq bo‘lib ulgurgan himoyachi Daniel Karvaxal so‘nggi olti yil ichida  “Qirollik klubi”ni tark etgan oltinchi sardorga aylanadi.

Avvalroq, “Real” mutasaddilari Karvaxal shartnomasi yakunlangach, klubni tark etishini e’lon qilgan edi. 34 yoshli futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyunida tugaydi.

Karvaxalgacha klubni 2021 yilda Serxio Ramos,  2022 yilda Marselo, bir yildan keyin Karim Benzema, 2024 yilda Nacho Fernandez va o‘tgan yili Luka Modrich tark etgan edi.

Karvaxal klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Qirollik klubi”ning hozirgi sardori 2013 yil yozidan buyon asosiy jamoada uzluksiz to‘p surib kelmoqda.

Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 22 ta o‘yin o‘tkazdi. Umuman olganda, uning “Real” safidagi faoliyati 450 ta o‘yin va 14 ta goldan yuborat.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!