“Real”: O‘ynamasang, yanvarda ketasan!

  • 20 oktabr, 10:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati jamoaga umuman foydasi tegmayotgan 30 yoshli chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi bilan xayrlashish borasida bir qarorga kelgani haqida xabar chiqdi.

Tecno

Frantsiyalik futbolchi uzoq muddatdan beri jarohatini davolanash bilan band va aprel oyidan beri biror marotaba maydonga tushgani yo‘q.

 Fichajes nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” mutasaddilari Ferlan Mendiga ogohlantirish berdi. Unga ko‘ra, tajribali o‘yinchi qisqa fursatda jismoniy tayyorgarligini maromiga etkazib olmasa, klub 2026 yil boshidayoq uning shartnomasinibekor qiladi.

Ferlan Mendi Madridga 2019 yili “Lion”dan kelgan. Avvalgi bosh murabbiy Karlo Anchelotti himoyachining shartnomasini 2028 yilning yozigacha uzaytirishga erishgan edi. Mendi hozirgacha madridliklar jamoasida barcha turnirlarda 201 ta uchrashuvda maydon tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!