"Real" o‘zining transfer rekordini yangiladi

  • 13.06.2019 10:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi bitta transfer oynasi paytida futbolchilar xarid qilishga mablag‘ sarflash bo‘yicha rekordini yangiladi.

“Qirollik klubi” joriy yozgi transferlar paytida jami 303 mln evro sarfladi. Aniqrog‘i, madridliklar ushbu mablag‘lar evaziga Eden Azar (100 mln), Luka Yovich (60 mln), Eder Militao (50 mln) Ferlan Mendi (48 mln) hamda Rodrigo (45 mln) kabi futbolchilarni sotib oldi.

Eslatib o‘tamiz, “Real”ning bu boradagi rekordi 258,5 million evroni tashkil etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!