"Real" Pogbaning muqobilini Portugaliyadan topib qo‘ydi
Lissabonning "Sporting" klubi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Real"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
O Jogo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu transferni amalga oshirish “qirollik klubi”ga ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmasligi mumkin. Boisi, Fernandeshning agenti Jorje Mendesh madridliklar bilan juda yaxshi aloqada.
Ta’kidlash kerakki, “Real” agar Pogbani sotib ololmasa, e’tiborini aynan mana shu portugaliyalik futbolchiga qaratadi.
Ma’lumot uchun, Fernandesh o‘tgan mavsum “Sporting” safida jami 52ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 31ta gol hamda 15ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar