"Real" posboni A Seriyaga yo‘l olishi mumkin
Madridning "Real" klubi zaxira darvozaboni Andrey Lunin A Seriyaning grand jamoasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, ukrainalik darvozabon xizmatlariga "Milan" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" sobiq futbolchisi Luka Modrich Luninni jamoaga olib kelinishida yordam berishi mumkin. “Rossonerilar” yozda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Mayk Menyan o‘rnini aynan "qirollik klubi" posboni bilan to‘ldirmoqchi. Lunin madridliklar safiga 2018 yilda kelib qo‘shilgan edi.
Uning “Transfermarkt” portalidagi narxi 18 million evroni tashkil etadi. Futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli kiper joriy mavsumda bor-yo‘g‘i bitta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar