
"Real" prezidentligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tishi tasdiqlandi
"Real" joriy yilda klub prezidentligi uchun saylov bo‘lib o‘tishini tasdiqladi. Bu haqida "Goal.com" nashri xabar bermoqda.
Uzoq muddatli boshqaruvdan so‘ng, nihoyat, "Qirollik klubi" prezidentligini boshqa nomzod o‘z qo‘liga olishi mumkin. Ammo, ayni damda yil o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan saylov uchun yagona nomzod Florentino Peresning o‘zi bo‘lib turibdi.
Ushbu saylov yakuniga ko‘ra, prezidentlikka saylanadigan nomzod 2025 yilga qadar "blankos"ni boshqarish huquqini qo‘lga kiritadi.
Florentino Peres 2000 yilda "Real" rahbarligiga kelgan bo‘lsa, 2006 yilda postni Ramon Kalderonga bo‘shatib beradi. 2009 yilda yana Peres klub rahbarligini qo‘lga oladi va hozirgacha "Real"ni boshqarib kelmoqda.
Fikrlar