Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" prezidentligiga nomzod Peresni keskin tanqid qildi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Nomzod shaxs prezidentning ayblarini oshkor qilmoqchi

"Real" prezidentligiga nomzod Enrique Rikelme klub rahbari Florentino Peresni moliyaviy xavflar va bankir Anas Lagrari bilan bog‘liq faoliyati uchun tanqid qildi.

Rikelmening taʼkidlashicha, klubning moliyaviy holati so‘nggi yillarda jiddiy o‘zgarqan va bu borada muxlislar hamda klub aʼzolariga yetarlicha maʼlumot berilmagan.

"Bugun biz klubning shaffofligi tufayli emas, balki jurnalistlar orqali “Real” qisqa vaqt ichida 770 million evrodan ortiq likvid mablag‘larni deyarli sarflab bo‘lganini bildik. Pul zahiralari 99 foizga qisqarqan, erkin mablag‘lar esa bir necha million evro darajasida qolgan.

“Santyago Bernabeu” rekonstruksiyasi va boshqa moliyaviy operatsiyalar bilan bog‘liq qarzlar misli ko‘rilmagan darajaga yetdi. Ayrim tahlilchilar vaziyat tez orada o‘zgarmasa, klubning moliyaviy barqarorligi xavf ostida qolishi mumkinligidan ogohlantirmoqda", — dedi Rikelme.

Shuningdek, u Anas Lagrarning klub ishlaridagi taʼsiri haqida ham fikr bildirdi.

"Atigi ikki hafta avval ko‘plab madridlik muxlislar Anas Lagrari kim ekanini ham bilmasdi. Turli OAV materiallari orqali klub aʼzolari Peresning “Real” bo‘yicha rejalari va Lagrarning taʼsiri haqida maʼlumotga ega bo‘ldi", — dedi prezidentlikka nomzod.

Maʼlumot uchun, Anas Lagrari Yevropa Superligasi loyihasini ilgari surgan A22 kompaniyasining asoschilaridan biri hisoblanadi hamda Florentino Peresning yaqin maslahatchilaridan biri sifatida tilga olinadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q