"Real" PSJ futbolchisini nishonga oldi
PSj himoyachisi Viljan Pacho faoliyatini Madriddning "Real" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Marca" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, "qirollik klubi" bosh murabbiyi Arbeloaning shaxsan o‘zi 24 yoshli himoyachisi jamoada ko‘rishni xohlamoqda. Agar Alvaro yozda ham jamoani boshqaradigan bo‘lsa transferlar rejasida asosiy nishon Pacho bo‘ladi.
Ekvadorlik himoyachining hozirda transfer bozoridagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Viljan joriy mavsum parijzliklar safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar