“Real” qadrlamagan forvardni to‘rt mamlakat klublari chaqiryapti

  • 01.05.2026 06:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” akademiyasidan yetishib chiqqan hujumchi Gonsalo Garsiyaning yakunlanib borayotgan mavsumdan umidi katta edi. Mavsum boshlanishidan avval Xabi Alonso boshchiligidagi murabbiylar shtabi uni asosiy tarkibga qo‘shgandi.

Ammo o‘tgan yoz klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan yosh hujumchiga mavsum davomida yetarli imkoniyat berilmadi.

Ayni paytda “Qirollik klubi” Garsiya bilan xayrlashishga tayyor. Futbolchi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Madriddan ketishga rozi.

Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, 22 yoshli ispaniyalik futbolchiga “Yuventus”, “Roma”, “Borussiya Dortmund”, Ispaniya va Angliyaning bir nechta klublaridan chorlov bo‘lmoqda.

Futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 34 o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 6  marotaba ishg‘ol qildi va 2 assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!