"Real" qimmat himoyachi tanladi
Narhi baland, lekin talash
Londonning «Chelsi» jamoasi markaziy himoyachisi Josh Achimpong klub bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmayapti. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Shuningdek, vaziyatdan foydalanishni istagan bir qator grantlar futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Xususan, Madriddning «Real»i va Myunxenning «Bavariya»si yosh himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganayotgani aytilmoqda.
Angliya klubi esa Achimpong uchun 40–50 million yevro atrofida to‘lov kutayotgani ma’lum qilingan.
20 yoshli markaziy himoyachi 2024 yildan beri «Chelsi» sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfer bozorida futbolchining bahosi hozircha taxminan 30 million yevro atrofida baholanmoqda.

Izohlar (0)