“Real” qimmatbaho futbolchini oladi!

  • 16.07.2022 21:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati katta transferni amalga oshirishga qaror qildi, deb xabar tarqatdi Marca nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, madridliklar Angliya terma jamoasi va “Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingem uchun 80 million evro sarflashga rozi bo‘lgan.

Bundesligada porlayotgan 19 yoshli futbolchining dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan.

Qator grand klublar nishonida turgan Bellingem o‘tgan mavsum 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga oltita gol va o‘n to‘rtta assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!