"Real" qishki transferlar uchun 441 million evro sarflamoqchi
Madridning "Real" klubi rahbariyati joriy qishki transferlar uchun 441 million evro sarflashi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” davralar oralig‘ida 156 mln evroga ayrim futbolchilarini sotmoqchi, mablag‘ning qolgan qismini esa kredit hisobidan to‘ldirmoqchi. Madridliklarning asosiy transfer nishoni sifatida PSJ forvardi Kilian Mbappe tilga olinmoqda. Bundan tashqari ular parijliklarning boshqa bir hujumchisi – Neymarni sotib olish fikridan ham qaytishmagan.
Ma’lumot uchun, “Real” ayni damda La Liganing yakunlangan 4ta turidan so‘ng 8 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar