
“Real” qiyin transferni uddalamoqchi
“Real” kelasi mavsum oldidan himoya chizig‘ini mustahkamlash borasida bosh qotirmoqda. Manbalarning xabariga ko‘ra, madridliklar “Liverpul” vakili Trent Aleksander-Arnoldni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
“Liverpul” tarbiyalanuvchisi ayni paytda 70 million evroga baholamoqda. Todofichajes nashrining ta’kidlashicha, bu transferni amalga oshirish ispan grandi uchun oson bo‘lmaydi.
Chunki liverpulliklar o‘zlari tarbiyalagan himoyachi bilan yangi shartnoma imzolashga harakat qilyapti.
Klub Aleksander-Arnoldni 2028 yilning yarmigacha o‘z tarkibida olib qolmoqchi. Yurgen Klopp bu futbolchini asosiy tarkibni muqim o‘yinchisi sifatida e’tirof etgan.
Fikrlar