“Real” rahbariyati italyalik murabbiyni olib kelish uchun uchinchi bor urinib ko‘rishi mumkin
"Real" "Milan"ni boshqarayotgan Massimiliano Allegrining bosh murabbiy etib tayinlanishidan manfaatdor.
Yozda "Real" italyalik mutaxassisni qo‘lga kiritishga uchinchi bor urinib ko‘rishi mumkin, deb xabar beradi Corriere dello Sport. Ispan klubi Allegrini har doim yuqori baholagan va 2019 va 2021 yillarda ikki marta uni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin kelgan.
"Qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres hozirda sinalgan va tajribali mutaxassisga ishonch bildirmoqchi.
Massimilanoning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Qayd etilishicha, murabbiy "Milan"dagi faoliyatidan zavqlanmoqda va klubga qaytganidan xursand. Allegri shaharni, muhitni yaxshi ko‘radi va jamoada o‘zini juda qulay his qiladi.
"Real"ga ayni damda Alvaro Arbeloa ustozlik qilmoqda.
Fikrlar