“Real” Ramosning o‘rniga keladigan himoyachilar nomini oshkor qildi
“Real” rahbariyati Serxio Ramosning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Tomonlar hozircha yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmayapti. Ramosni qo‘lga kiritish istagida bo‘lgan baquvvat klublar unga manfaatli shartnoma taklif qilishga tayyorligini bildirmoqda.
Serxiodan ajalib qolishi mumkinligini bilgan madridliklar yangi himoyachi qidirmoqda.
Ayni paytda “Qirollik klubi” Ramosning o‘rnini bosa oladigan uch nafar markaziy himoyachi topdi. Unga ko‘ra, madridliklar “Bavariya”dan erkin agent sifatida ketadigan universal himoyachi David Alaba, “Manchester Siti”da o‘ynayotgan “Barselona” tarbiyalanuvchisi Erik Garsiya va “Vilyarreal” vakili Pau Torresni olishga harakat qiladi.
Ramos 2005 yildan buyon “Real” safida o‘ynamoqda. Jamoa sardori shu paytgacha besh marta mamlakat chempioni bo‘ldi va to‘rt bor Chempionlar ligasida zafar quchdi.



Fikrlar