“Real” Rayola ta’sirida Xoland bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri “Real” rahbariyati “Borussiya” hujumchisi Erling Xoland transferini amalga oshirmaydigan bo‘lgani haqida xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, madridliklarning asosiy nishoni PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bo‘ladi. Bundan tashqari, “Qirollik klubi” A Seriya to‘purari Dushan Vlaxovich atrofidagi vaziyatni ham sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.
“Real”ning Xoland transferidan voz kechishiga klub prezidenti Florentino Peresning hujumchining agenti Mino Rayola bilan hamkorlik qilishni istamasligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Ma’lumki, Rayola Xoland transferini uyushtirish uchun 40 million evro miqdorida gonorar talab qilyapti.
Hozircha, Xolandni qo‘lga kiritish imkoni ega klublar sifatida “Barselona”, “Chelsi” va “Manchester Siti” tilga olinyapti.

Fikrlar