Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" Rodrini olish uchun ikki futbolchidan qutilishi kerak

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Tarkibda joy qolmagan

COPE nashrining xabar berishicha, madridliklar hozircha yarim himoyachi Rodri va hujum chizigʻidagi yangi futbolchi Yan Diomandeni rasmiy roʻyxatdan oʻtkaza olmayapti. 

Sababi – jamoaning musobaqa uchun taqdim etilgan roʻyxatida boʻsh oʻrin qolmagan. Manbaga koʻra, "Qirollik klubi" har ikki futbolchini roʻyxatga qoʻshishi uchun tarkibda kamida ikkita pozitsiyani boʻshatishi kerak. Ammo hozircha asosiy tarkibdagi biror futbolchi klubni tark etish istagini bildirmagan.

Ketishi mumkin boʻlgan nomzodlar orasida Raul Asensio va Gonsalo Garsiya tilga olinmoqda. Shu bilan birga, 23 yoshli himoyachi jamoada qolish tarafdori va yangi murabbiylar shtabiga oʻzining kerakli futbolchi ekanini isbotlashga umid qilmoqda. Gonsalo Garsiya masalasida esa hujumchi oʻz kelajagi haqidagi yakuniy qarorni "Real" va "Fulxem" oʻrtasidagi muzokaralar yakunlangandan soʻng qabul qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q