"Real" sardori jarohati sabab safdan chiqdi
Madridning "Real" klubi matbuot xizmati o‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxalning jarohati haqida ma’lum qildi, unga o‘ng oyog‘ining kambalasimon mushagi shikastlangani tashxisi qo‘yilgan.
COPE xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi 4 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin. Bundan kelib chiqib, madridliklar sardori "Barselona"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborish ehtimoli yuqori.
O‘tgan yilning oktyabr oyida ispaniyalik himoyachi xochsimon paylarini uzgan edi. Karvaxal tiklandi va may oyining oxirida maydonga qaytdi.
Avvalroq, "qaymoqranglilar"ning yana bir o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jarohat olgandi.
Joriy mavsumda Karvaxal barcha musobaqalarda ettita o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchining klub bilan mehnat shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar