"Real" Saudiya klubi yulduzini olmaydigan bo'ldi

  • 29.12.2025 19:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Real" "Al-Hilol" yarim himoyachisi Ruben Neveshning transferidan voz kechdi. Bu haqida insayder Xose Flik Dias xabar bermoqda.

Manbada berilgan ma'lumotga koʻra, xavbekning mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi. Futbolchi esa Saudiya klubi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. Nevesh oʻz xizmatlarini "qirollik klubi"ga taklif qilgan, ammo madridliklar bu variantdan voz kechishga qaror qildi.

Ma'lumot uchun, Ruben joriy mavsum "Al-Hilol" safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!