“Real” Sulsher “sindirgan” yulduzni oladi

  • 22 yanvar, 2021, 21:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar vaqtida katta umidlar bilan “Manchester Yunayted”ga kelgan “Ayaks” yulduzi Donni van de Bek Angliya futbolida o‘z o‘rnini topa olmadi. Qator grand klublar taklifini rad etib, Manchesterga yo‘l olgan yarim himoyachi jamoadagi raqobatga dosh berolmadi. Qolaversa, Sulsher ham unga ishonch bildirmay, Donnini “sindirib” qo‘ydi.

Madridliklar bu futbolchini yoshi o‘tib qolgan Luka Modrichga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Shu bois, Donni van de Bekni yozgi transferlar vaqtida Ispaniya chempionatiga olib kelmoqchi.

Niderlandiyalik yarim himoyachi joriy mavsumda Sulsher jamoasida o‘nta uchrashuvda maydonga tushdi va hisobiga bitta gol uzib qo‘ydi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!