
“Real” Sulsherni xursand qildi
“Real” rahbariyati frantsiyalik himoyachi Rafael Varan bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmaganidan keyin yozda uni sotib yuborishga qaror qilgandi.
28 yoshli himoyachiga anchadan beri “Manchester Yunayted” da’vogarlik qilmoqda. Biroq, madridliklar bir yillik shartnomaga ega futbolchiga 70 million evro narx qo‘ygani bu transferning amalga oshishiga to‘sqinlik qilayotgan edi.
Endi “Qirollik klubi” rahbarlari bu vaziyatni inobatga olgan holda Varanning narxini qayta ko‘rib chiqdi va uni 50 million evrogacha pasaytirdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan. Unga ko‘ra, tajribali himoyachiga yiliga 12 million evro miqdorida maosh to‘lanadi.
Fikrlar