“Real” superyulduzni Madridda o‘ynashga ko‘ndirdi

  • 28 yanvar, 2021, 13:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati “Oltin to‘p” sohibi va jahon chempionati qahramonlaridan biri Luka Modrichni yana bir mavsum jamoa sharafini himoya qilishga ko‘ndirdi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar yozda yakunlanadigan bitimni uzaytirish bo‘yicha barcha shartlarni kelishib olgan. Yangi shartnoma tez kunlarda imzolanadi va xorvatiyalik yarim himoyachi kelasi yilning 30 iyuniga qadar Madridda to‘p tepadi.

- Modrichga o‘xshagan o‘yinchilar ushbu sport turining  go‘zalligini yanada oshiradi. Shunday futbolchining tarkibimizda bo‘lishi, bizning katta yutug‘imiz. U bizga juda ko‘p narsa berdi va foyda keltirishda davom etadi, - dedi “Real”ning tashqi aloqalar bo‘yicha direktori Emilio Butrageno.

Luka Modrich “Qirollik klubi”ga 2012 yili “Tottenxem”dan o‘tgan.   Joriy mavsumda 35 yoshli futbolchi La Ligada 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!