
“Real” tarkibini “Arsenal” futbolchisi bilan kuchaytiradi
“Real” himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun “Arsenal” o‘yinchisi Gabriel Magalyans transferini amalga oshirishni rejalashtiryapti.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar bu himoyachini yaqinda og‘ir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan Eder Militaoning o‘rnini bosa olishiga ishonmoqda.
Avvalroq, klub rahbariyati Militao pozitsiyasiga yangi o‘yinchi olmasligini ta’kidlagan edi. Biroq, Karlo Anchelotti yangi himoyachisiga ehtiyoj seza boshladi.
Transfer mutaxassislarining ta’kidlashicha, “kanonirlar” asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblangan Gabrielni osonlikcha qo‘yib yubormaydi.
Magalyans o‘tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 38 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z vazifalarini bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilgandi.
Fikrlar