“Real” Tchuameni o‘rniga Chempionshipdan futbolchi olib kelmoqchi

  • 03.06.2026 22:58
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yarim himoyachi Orelien Tchuameni yozda "Real"ni tark etishi mumkin.

Jurnalist Ramon Alvares ma'lumotlariga ko‘ra, Madrid klubiga tayinlanishga yaqin qolgan Joze Mourinyo, agar fransuz "Real"ni tark etishga qaror qilsa, rahbariyatdan APLdan Chempionshipga tushib ketgan "Vest Xem" yarim himoyachisi Mateush Fernandesni sotib olishni so‘ragan.

Mateush Fernandes "Sautgempton"dan "Vest Xem"ga 2025 yilda 44 million yevro evaziga o‘tgan. Uning London klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

2025/26-yilgi mavsumda portugaliyalik futbolchi barcha musobaqalarda "bolg‘achilar" safida 42 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Fernandesning narxini 50 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!