“Real” tez orada Jud Bellingem uchun rasmiy taklif yuboradi

  • 17 may, 2023, 15:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid bir necha hafta oldin 19 yoshli angliyalik yarim himoyachi bilan shaxsiy shartnoma tafsilotlarini kelishib olgan. Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "qirollik klubi" hozirda "Borussiya" Dortmundga rasmiy taklif tayyorlamoqda.

Shartnoma bonuslarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, madridliklar "Borussiya"ning Bundesligada 1-o‘rin uchun kurashini kuzatmoqda. Chempionlik masalasi hal bo‘lgach, rasmiy taklif jo‘natiladi. Oldinroq, "Real" va "Borussiya" Judning transferi bo‘yicha 100+40 million evroga kelishib olganliklari haqida xabar berilgandi.

Bellingem joriy mavsum Bundesliganing 31 o‘yinida 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!