
“Real” tez orada muhim yangilikni e’lon qiladi
“Real” rahbariyati ayni paytda bir necha yosh futbolchi bilan yangi shartnomalar bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.
Marca nashrining yozishicha, klub mutasaddilari tez orada muzokaralar natijalari va yangi bitimga ega bo‘lgan futbolchilar nomini e’lon qiladi.
Manbaga ko‘ra, klub asosiy tarkib vakillari – hujumchilardan Vinisius Junior va Rodrigo, himoyachi Eder Militao va yarim himoyachi Eduardo Kamavinga bilan hamkorlikni yangi bitimlar bilan mustahkamlab qo‘ymoqchi.
Transfer bozorida bu futbolchilarning barchasiga xaridor ko‘p. Biroq, “Real” yangi shartnoma va yuqori miqdordagi badal pullari bilan ularni jamoada olib qolmoqchi.
Fikrlar