“Real” transferlar bo‘yicha muhim qarorini e’lon qildi

  • 11 avgust, 2022, 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real” prezidenti  Florentino Peres joriy transfer mavsumi davomida boshqa futbolchi sotib olmasligini e’lon qildi.

- Qo‘l ostimizdagi tarkib tufayli boshqa o‘yinchilarni olish variantini ko‘rib chiqmaymiz. Biz mashg‘ulotlarga zo‘r berib, jamoani yaxshi boshqarish ustida ko‘proq ishlashga e’tibor qaratamiz, - dedi Florentino Peres.

Madridliklar yozgi transferlar vaqtida o‘z safiga germaniyalik himoyachi Antonio Ryujiger va frantsiyalik yarim himoyachi Orelen Chuamenini qo‘shib oldi. Kilian Mbappe va Erling Xoland transferini uddalab bo‘lmadi.

Jamoani shartnomasi yakunlangan himoyachi Marselo, pleymeyker Isko va hujumkor futbolchi Garet Beyl tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!