"Реал" ТВ ҳакамликдан норози: "Бу футбол эмас"

  • 25.04.2026 15:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" klub televideniyesi "Betis"ga qarshi uchrashuvdan (1:1) keyin hakamlik borasida keskin bayonot berdi.

E'tibor markazida Rikardo Rodrigesning qo‘l bilan o‘ynagan vaziyati bo‘ldi. Ushbu epizodda bosh hakam Sesar Soto Grado penalti belgilamadi, VARda ishlagan Gonsales Fuertes ham maydon hakamini ogohlantirmadi.

"Real" TV efirida translyatsiya yoki VAR tizimi orqali tasvirlarni ko‘rsatmaslik orqali manipulyatsiya bo‘layotgani ta'kidlandi.

"Biz bu haqida jamoa yutganda ham, durang o‘ynaganda ham, yutqazganda ham gapiramiz. Gonsales Fuertes epizodni ko‘rdi, ammo Soto Gradoni chaqirmadi. Bunday holatlarda futbol haqida gapirish mumkin emas", — deyilidi efirda.

Shuningdek, efir davomida La Liga rahbariyati va hakamlik tizimi keskin tanqid qilindi.

"Tebas va Negreyra ligasi 17 mavsum davomida qaysi jamoa yuqoriga chiqishi yoki pastga tushishini belgilab kelmoqda. Manfaatlar to‘qnashuvi doimiy tus olgan", — deya iddao qilindi.

Efirda "Barselona" ham tilga olinib, kataloniyaliklar so‘nggi o‘yinda "sovg‘a" sifatida penalti olgani aytildi.

"Yomon o‘yin gunoh emas. Ammo bunday hakamlik — gunoh", — dedi boshloqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!