"Real" uchun yana bosh og‘riq

  • 5 fevral, 2023, 07:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi vingeri Eden Azar jarohat olib, yana safdan chiqdi. "Qaymoqranglilar" matbuot xizmatining xabar berishicha, tibbiy ko‘rikdan so‘ng 32 yoshli futbolchining chap tizzasidan jarohat borligi aniqlandi.

Tecno

Shu munosabat bilan belgiyalik futbolchi keyingi o‘yinlarda ishtirok eta olmasligini rasman e’lon qilindi. "Marca" nashri xabariga ko‘ra, Azar kamida ikki hafta maydonga tusha olmaydi.
Joriy mavsumda futbolchi "Real" Madrid safida barcha musobaqalarda bor yo‘g‘i 7ta o‘yinda maydonga tushdi.
Azarning amaldagi ishartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Mish-mishlarga "qirollik klubi" joriy mavsum oxirida u bilan xayrlashish haqida o‘ylamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!