“Real” UEFAdan “Barsa”ni chempionlikdan mahrum etishni talab qilyapti

  • 09.06.2026 18:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi UEFAdan “Barselona”ni hakamlar texnik qo‘mitasining sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyra bilan bog‘liq ish tufayli titulardan mahrum qilishni so‘ramoqda.

Manbaga ko‘ra, madridliklar kataloniyaliklarni nafaqat evrokuboklardan chetlatishni, balki 2001–2018 yillar oralig‘ida qo‘lga kiritilgan sovrinlardan ham mahrum qilishni xohlamoqda. Da’volarga ko‘ra, shu yillarda “Barselona” Negreyraga turli kompaniyalar orqali mablag‘ o‘tkazgan.

Shu bilan birga, UEFAning bunday keskin chora ko‘rishi ehtimoli juda past, deb baholanmoqda.

“Barselona” Ispaniyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. “Real Madrid” esa 2025/2026 yildgi La Liga mavsumini ikkinchi o‘rinda yakunladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!