"Real" va "Atletiko"ning oromini o‘g‘irlagan futbolchi kim?

  • 02.06.2020 09:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Seltik" himoyachisi Kristoffer Ayer Madrid shahrining ikki grandi - "Real" va "Atletiko"ning e’tiboriga tushdi.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda, madridliklar 22 yoshli Norvegiya terma jamoasi a’zosini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olishga harakat qilib ko‘rishmoqchi. Shotlandiyaliklar Ayer bilan amaldagi shartnomani uzaytirishmoqchi, ammo futbolchi jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.

Ayer bu mavsum “Seltik” safida jami 49 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!