“Real” va “Barsa” AQShda porlayotgan “yulduzcha”ni talashyapti

  • 12.10.2026 18:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» klubi, «Barselona» va PSJ MLSning «Filadelfiya Yunion» klubida o‘ynaydigan 17 yoshli yarim himoyachi Kavan Sallivanni kuzatib bormoqda. Bu haqida Mundo Deportivo xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, amerikalik futbolchining 18 yoshga to‘lganidan so‘ng Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tishi bo‘yicha «Manchester Siti» bilan kelishuvi bor.

Biroq moliyaviy qoidalar ehtimoliy buzilgani sabab «shaharliklar»ga nisbatan sanktsiyalar qo‘llanishi MLSning «ko‘tarilayotgan yulduzi» kelajagini butunlay o‘zgartirishi mumkin.

Sallivanning MLS klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil oxiriga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 10 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!