"Real" va "Barsa" bir yulduzni nishonga oldi

  • 16.10.2026 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» va «Real» «Liverpul»ning markaziy yarim himoyachisi va pleymeykeri Florian Virtsning o‘yinlarini yaqinidan kuzatmoqda. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Uning ma’lumot berishicha, Virtsga qiziqish faqat Ispaniya grandalari bilan cheklanmaydi. Nemis futbolchisini shuningdek «Chelsi» va «Bavariya» ham o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Florian Virts 2025 yilda Leverkuzenning «Bayer» jamoasidan «Liverpul»ga o‘tgan edi. Ushbu mavsumda u mersisaydliklar tarkibida yetti o‘yinda maydonga tushdi va hozircha faqat bitta golli uzatma bilan cheklanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!