
"Real" va "Barsa" birgalikda pul topishning yangicha usulini topdi
"Real" Madrid va "Barselona" pul ishlash uchun "el-klasiko" brendini yaratmoqchi.
Klublar brendni turli mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish va bu orqali qo‘shimcha iqtisodiy foyda olishni rejalashtirmoqda. La Liga ushbu savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga qarshi.
Ikkala klub ham Evropa Ittifoqi, Ispaniya, Braziliya, Meksika va Singapur kabi bir qator hududlarda mazkur savdo brend nomini ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘radi. Ammo hech qaysi davlatda bunga ruxsat berilmadi.
Bilamizki, "el-klasiko" - bu "Real" va "Barselona" o‘rtasidagi o‘yinlarga beriladigan nom.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoalar Ispaniya chempionatida 185 marotaba to‘qnash kelgan. Ularning 77 tasida "qaymoqranglilar", 73 tasida "ko‘k-anorranglilar" g‘alaba qozonngan va 35 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
Fikrlar