“Real” va “Barsa” transferi nishoni bo‘yicha yomon xabar oldi

  • 18.07.2026 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning “Borussiya” klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek endi klub rahbariyatining roziligisiz jamoani tark eta olmaydi.

Sky Sport xabariga ko‘ra, iyul oyining o‘rtalarida Shlotterbekning shartnomasidagi tovon puli (release clause) haqidagi band o‘z kuchini yo‘qotgan. Shu sababli endi uning kelajagi to‘liq “Borussiya” ixtiyorida bo‘ladi.

Agar “Real”, “Barselona” yoki “Liverpul” 26 yoshli nemis himoyachisini sotib olmoqchi bo‘lsa, endi ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri dortmundliklar bilan kelishuvga erishishiga to‘g‘ri keladi.

Manbaning ta’kidlashicha, jahon chempionatida olgan jarohatidan keyin “Real”ning Shlotterbekka bo‘lgan qiziqishi ham pasaygan.

Himoyachining amaldagi shartnomasi “Borussiya” bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!