“Real” va “Barsa” yozda qolgan 18 ta klubdan ko‘proq xarajat qildi

  • 03.09.2026 08:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispan futboli grandlari – “Real” va “Barselona” yozda transferlarga La Liganing qolgan 18 klubi birgalikda sarflaganidan ko‘proq mablag‘ sarfladi, deb xabar bermoqda Transfermarkt portali.

“Qirollik klubi” va kataloniyaliklar tarkibni kuchaytirish uchun 409 million yevro sarflagan bo‘lsa, qolgan klublar jami 346,28 million yevro qiymatida yangi futbolchilar sotib oldi.

La Liga klublarining yozgi transfer oynasidagi xarajatlari ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

“Real” Madrid — 225 million yevro,

“Barselona” — 184 million yevro,

“Atletiko” Madrid — 123 million yevro,

“Betis” — 30,5 million yevro,

“Deportivo” — 26 million yevro,

“Elche” — 23,25 million yevro,

“Rasing” — 20,5 million yevro,

“Xetafe” — 19,5 million yevro,

“Vilyarreal” — 16,5 million yevro,

“Sevilya” — 15,5 million yevro,

“Alaves” — 13 million yevro,

“Selta” — 11,8 million yevro,

“Rayo Valyekano” — 10,28 million yevro,

“Valensiya” — 9 million yevro,

“Real Sosyedad” — 8,5 million yevro,

“Osasuna” — 8 million yevro,

“Espan’ol” — 5,55 million yevro,

“Levante” — 5,10 million yevro,

“Malaga” — 300 ming yevro,

“Atletik” Bilbao — 0.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!