
"Real" va "Barselona" Evropaning eng yaxshi futbolchisi uchun kurashadi
"Liverpul" klubi himoyachisi Virjil van Deyk La Liga grandlarining e’tibor markazida bo‘lib turibdi.
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda "Barselona" va "Real" 28 yoshli gollandiyalik futbolchini kelasi yoz sotib olishga urunib ko‘radi. Hozircha van Deykning transferi ularga qanchaga tushishi noma’lum, ammo “qirollik klubi” ham, kataloniyaliklar ham mahoratli himoyachi uchun pulni ayamoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, van Deyk yaqinda UEFA tomonidan Evropaning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Uning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan. Shunga qaramay mersisaydliklar ham u bilan kelishuvni uzaytirish payida yurishipti.
Fikrlar