"Real" va "Chelsi" "Nottingem" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
"Nottingem Forest" markaziy himoyachisi Murillo "Chelsi" va "Real Madrid"ning transfer maqsadi hisoblanadi. Bu haqda "Mail Sport" nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi 2026 yil yozida boshqa klubga o‘tishga tayyor. Biroq, "o‘rmonchilar"ni uni 62,7 million evrodan kamiga sotmaydi. Bu mavsumda 23 yoshli fulbek barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta gol urdi.
Murilloning "Nottingem Forest" bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. "Transfermarkt" mutaxassislari futbolchining qiymatini 55 million evroga baholamoqda.
Fikrlar