"Real" va Superliga UEFAdan 4,5 milliard evro kompensatsiya talab qilmoqda
"Real Madrid" klubi va Evropa Superligasi UEFAdan taxminan 4,5 milliard evro miqdorida zarar uchun tovon puli talab qilmoqda.
Avvalroq Madridning provintsial sudi UEFAning apellyatsiyasini rad etgan edi. Shu sababli, "Real" o‘z bayonotida tashkilotdan etkazilgan zarar uchun kompensatsiya talab qilishini ma’lum qildi.
"As" nashrining yozishicha, "Real" yuristlari va Superliga bilan bog‘liq kompaniya mutaxassislari UEFAga qarshi da’vo tayyorlamoqda. Da’vo miqdori qariyb 4,5 milliard evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil may oyida Madrid arbitraj sudi Superliga tashkilotchilari foydasiga qisman qaror chiqargan edi. Sud qaroriga ko‘ra, UEFA va FIFA raqobatbardoshciz xatti-harakatlarni to‘xtatishi va kelgusida ularni takrorlamasligi lozim. Shuningdek, ulardan avvalgi bunday xatti-harakatlar oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish talab etilgan.
Fikrlar