
“Real” va yana uch granddan superfutbolchi uchun “dahshatli summa” talab qilinyapti
“Bayer” va Germaniya terma jamoasi hujumkor futbolchisi Florian Virts kelasi mavsumni boshqa klubda boshlaydigan ko‘rinadi.
21 yoshli o‘yinchiga “Real”, “Manchester Siti”, “Bavariya” va “Liverpul” da’vogarlik qilmoqda. Germaniyaning amaldagi chempioni “Bayer” bu grandlar hamlasidan o‘z o‘yinchisini olib qololmasligi aytilmoqda.
Shu bois, Leverkuzen klubi o‘z yulduzini qo‘yib yuboradigan minimal summani belgiladi. Manbalarning ta’kidlashicha, “Bayer” 150 million evro sanaydigan klubga Florian Virtsni qo‘yib yuborali.
Klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan Virtsning “dorishunoslar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan.
Fikrlar