"Real" Valexoni ijaraga berishga rozi

  • 14.07.2023 18:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi himoyachisi Xesus Valexoni ijara asosida qo‘yib yuborishga tayyor. Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, ispaniyalik futbolchi kelasi mavsum oxirigacha “Granada” sharafini himoya qiladi.

Manbaning xabar berishicha, hozirda tomonlar kelishuvning yakuniy tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Valexo barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa klubga o‘tishga tayyor. 26 yoshli himoyachi 2019 yildan 2021 yilgacha "Granada"da ijara asosida o‘ynagan.

Ispaniyalik mudofaa vakili so‘nggi ikki mavsumni "qirollik klubi"da o‘tkazdi va Ispaniya chempionatida atigi 6 marta maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!